20:38 / 08.09.2020
6117

Chexiya bosh vaziri JSST koronavirus bo‘yicha tavsiyalar berishdan o‘zini tiyishi kerakligini aytdi

Avvalroq JSSTning Chexiyadagi bo‘limi mamlakatda koronavirus yuqtirish holatlari o‘sganligiga e'tibor qaratgan va bu borada o‘z tavsiyalarini bergandi.

Andrey Babish / Foto: Getty Images

Chexiya bosh vaziri Andrey Babish Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus bo‘yicha tavsiyalar berishdan tiyilishi kerakligini aytdi.

Avvalroq JSSTning Chexiyadagi bo‘limi mamlakatda koronavirus yuqtirish holatlari o‘sganligiga e'tibor qaratgan va bu borada o‘z tavsiyalarini bergandi.

"Niqob taqishni tavsiya qilmagan va pandemiya boshlanganini mutlaqo bilmagan aynan mana shu JSST bo‘ladi. U jim bo‘lishi kerak deb hisoblayman", - deb yozdi Babish o‘zining Twitter-akkauntida.

Chexiya sog‘liqni saqlash vaziri Adam Voytex bosh vazirni qo‘llab-quvvatlab, JSSTning tanqidi noo‘rin ekanligi va mamlakat hukumati vaziyatni to‘liq nazorat qilayotganini aytdi.

Chexiyada oxirgi sutkada 563ta yangi holat aniqlangan.

Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon mamlakatda 28 716 kishi kasallikka chalingan, 19 855 kishi sog‘aygan, 437 kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top