12:08 / 08.09.2020
8134
EPSILON (EDC): O‘zbekistonning gaz uzatish infratuzilmasini rivojlantirish ishlari davom etmoqda

Joriy yilning 15 avgust kuni Farg‘ona viloyati aholisini kuz-qish mavsumida gaz bilan uzluksiz ta'minlash uchun “Ohangaron-Pungan” asosiy gaz uzatish quvurining yuqori tog‘ qismidan o‘tuvchi yo‘nalishi bo‘ylab, uzunligi 25 km bo‘lgan quvurni yonlama bog‘lagich (luping) qurilishi boshlangan edi. Tog‘ning 1500-2632 m balandligida bajarilayotgan keng ko‘lamli ishlar sel toshqini, tosh va qor ko‘chkilari kabi ehtimoliy texnogen xavflar bilan bog‘liq bo‘lganligi tufayli zarur muxandislik yechimlarini taqazo etadi. Hozirgi vaqtda qurilish yo‘nalishini quvur yotqizish uchun tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.

24 avgustda yangi asosiy gaz uzatish quvuri qurilishi boshlangan bo‘lib, quvurning 338-chi km dan Yangiyer KS-Shirin GTS gacha yonlama bog‘lagich (Ø1020×12mm) 4,7 km ni tashkil etadi. Yuqoridagi quvurlar qurilishi ishlarini yakunlash joriy yilning 1 dekabrigacha rejalashtirilgan.

Kompaniya shuningdek, quyidgi asosiy gaz uzatish quvurlarining belgilangan qismida, ularni yangisiga almashtirgan holda to‘liq ta'mirlash ishlarini boshladi:

  • Zirabuloq MGQB: “Muborak-Zirabuloq” MGQ (BGX-TBA) I, II, III qatorlari, 50-78 km oralig‘ida (Ø1020×12mm - 2,1 km qismi) to‘liq ta'mirlash; Yakunlash muddati 01.12. 2020 y. gacha;
  • Gazli MGQB: “DBST” MGQ II-qatori, 29-39 km oralig‘ida (Ø1020×12mm – 9,263 km qismi) to‘liq ta'mirlash. Yakunlash muddati 01.12.2020 y. gacha;
  • Muborak MGQB: “Kelif-Muborak” MGQ, 148-233 km oralig‘ida (Ø1020×12mm – 1,453 km qismi) to‘liq ta'mirlash. Yakunlash muddati 01.10.2020 y. gacha;
  • “Muborak – Zirabuloq” MGQ: I, II qatorlari, 3-50 km oralig‘ida (Ø1020×12mm – 8,0 km qismi). Yakunlash muddati 01.10.2020 y. gacha;
  • G‘allaorol MGQB: “BGH-TBA-A” MGQ, I qatori, 262-368 km oralig‘ida (Ø1020×12mm - 5,0 km qismi) to‘liq ta'mirlash. Yakunlash muddati 01.12.2020 y. gacha.

Bajarilayotgan barcha ishlar belgilangan sanitariya-epidemiologiya va ekologiya mezonlariga qat'iy rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda. 

Epsilon Matbuot xizmati

Top