18:29 / 08.09.2020
155256

Mirishkor tumani hokimi va o‘rinbosari vafot etdi

Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumani hokimi G‘ayrat Begaliyev vafot etdi.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Kun.uz manbasi xabar qilishicha, so‘nggi kunlarda shifoxonada davolanishda bo‘lgan G‘ayrat Begaliyev 8 sentabr kuni olamdan o‘tgan.

Hokimning vafoti Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlandi. Vazirlikning aniqlik kiritishicha, marhumda ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir yurak va nafas yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi aniqlangandi.

G‘ayrat Begaliyev 2020 yil 4 martdan beri Mirishkor tumani hokimi lavozimida ishlayotgan edi. U Mirishkor tumani hokimligiga kelgunga qadar ko‘p yillar davomida Qarshi tumani hokimi bo‘lgan.

Mirishkor tumani hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 6 sentabr kuni Mirishkor tumani hokimi o‘rinbosari Mansur Rahmonov vafot etgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda rasmiy statistikaga ko‘ra koronavirusdan vafot etganlar soni 358 nafarni tashkil etmoqda. Ular orasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov, Buxoro viloyati hokimi Karim Kamolov, Qoraqalpog‘istonning Qonliko‘l tumani hokimi Davlat Tolibayev ham bor.
 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top