15:46 / 08.09.2020
26593

Moskva markazida fojiali YTH sodir etgan aktyor Yefremov sakkiz yilga qamaldi

Avvalroq aktyor Ivan Oxlobistin Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojaat qilib, Yefremovga rahm qilishni so‘ragandi.

Foto: Maksim Shemetov / Reuters / Scanpix / LETA

 Moskva markazida o‘lim bilan tugagan YTH sodir etgan aktyor Mixail Yefremov sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etildi. U jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o‘taydigan bo‘ldi.

Moskvaning Presnenskiy sudi hukm chiqarayotganida Yefremovning yo‘l-transport hodisasini sodir etgan paytda mast holatda bo‘lganligini inobatga oldi.

Prokuror Yefremovning 11 yilga ozodlikdan mahrum etilishini so‘ragandi.

 Avvalroq aktyor Ivan Oxlobistin Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojaat qilib, Yefremovga rahm qilishni so‘ragandi.

 Fojiali YTH 8 iyun kuni yuz bergan. Yefremov mast holatda avtomobil boshqarib, qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan va qarshisidagi avtomobil bilan to‘qnashishi oqibatida haydovchining o‘limiga sabab bo‘lgan.

 Yefremov dastlab aybiga iqror bo‘ldi, keyin esa nima yuz berganini eslay olmasligini aytdi. Sud hukmi e'lon qilinayotgan kuni aybiga to‘liq iqror bo‘ldi.

Top