09:04 / 08.09.2020
8575

Sputnik V vaksinasining birinchi partiyasi fuqarolik aylanmasiga chiqarildi

Foto: EPA/Vostock-photo

Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi Sputnik V vaksinasining birinchi partiyasi fuqarolik aylanmasiga chiqarilganini e'lon qildi 

Ta'kidlanishicha, Gamaleya nomidagi markaz tomonidan ishlab chiqilgan “Gam-Kovid-Vak” (Sputnik V) vaksinasi barcha zarur sifat sinovlaridan o‘tib, fuqarolik aylanmasiga chiqarildi.

Yaqin vaqtda vaksinaning hududlarga yetkazilishi kutilmoqda.

4 sentyabrda Gamaleya nomidagi markazda vaksinaning birinchi partiyasi fuqarolik aylanmasiga chiqarilishiga ruxsat 10 sentyabrdan 13 sentyabrgacha olinishiga umid bildirilgan. Shundan keyin xavf guruhidagi odamlarning ommaviy emlanishi boshlanishi aytilgandi. 

Ommaviy emlash bilan bir vaqtda vaksinaning Moskva poliklinikalarida uchinchi bosqich sinovlari o‘tkazilishi kutilmoqda. Ularda 40 ming ko‘ngilli ishtirok etadi. Ulardan bir qismi haqiqiy vaksina, bir qismi esa platsebo oladi. 

Vaksina ikki turda - kattalar va bolalarga mo‘ljallangan variantlarda bo‘ladi. Bolalar uchun mo‘ljallangan vaksinaning dozirovkasi kamaytiriladi. Ta'kidlanishicha, bu bolalarning vazni kichik, immun tizimi esa kattalarniki kabi rivojlanmagan bo‘lishi bilan tushuntirilgan. 

Mavzuga oid
Top