08:52 / 09.09.2020
21755
AstraZeneca koronavirusga qarshi vaksinasi sinovlarini to‘xtatdi
Foto: AP Photo / Kirsty Wigglesworth

AstraZeneca britan-shved farmatsevtika kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinasining AQShdagi 3-bosqich sinovlarini bemorlardan birida ikkilamchi ta'sir paydo bo‘lgani sababli to‘xtatdi. Bu haqda kompaniya vakillariga tayanib Stat nashri xabar berdi. 

Nashr vaksina qabul qilishdan ko‘ngillida aynan qanday ta'sir paydo bo‘lganiga aniqlik kiritmagan, biroq hozirda mutaxassislar oldida buning sababini aniqlash vazifasi turibdi.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirusga qarshi vaksina yil oxirigacha yoki undan ham ertaroq paydo bo‘lishi mumkinligini aytgandi. AstraZeneca vaksinani Oksford universiteti olimlari bilan birgalikda ishlab chiqmoqda. Vaksina avgust oxirida 30 ming amerikalikda sinala boshlangandi.

AQSh hukumati vaksina ishlab chiqilishiga qo‘shimcha mablag‘lar yo‘naltirgandi. AstraZeneca bu maqsadda 1,2 mlrd dollar olgan. Shuningdek, vaksinani yaratish ustida Moderna, Merck va Pfizer, Johnson & Johnson kompaniyalari ish olib bormoqda. Oq uy ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh ma'muriyati ushbu loyihalarga umumiy hisobda 12 mlrd dollar sarmoya kiritgan.   

Top