22:45 / 09.09.2020
3799
Google kompaniyasi Android operatsion tizimining yangi versiyasini chiqardi 

Google kompaniyasi smartfonlar uchun yangi Android 11 operatsion tizimini chiqardi.  

Android 11 foydalanuvchilar o‘rtasida xabarlar almashish, maxfiylik masalalari va gadjetlarni boshqarish ustidan nazorat bilan bog‘liq bir qator yangilanmalarni o‘z ichiga olgan. 

Ma'lum qilinishicha, kompaniyada maxfiylik sozlanmalari qayta ishlangan. Jumladan, foydalanuvchi qanday dasturlar kamera, mikrofon, qurilmaning qayerdaligini ko‘rsatuvchi funksiyadan foydalana olishini sozlashi mumkin. Agar foydalanuvchi biror dasturni uzoq vaqt ochmasa, unda ruxsat berish sozlanmalari bekor qilinadi. Aqlli qurilmalarni boshqarish imkoniyati alohida menyuga chiqarilgan.   

TechCrunch nashri jurlanistlarining ma'lum qilishicha, yangi operatsion tizimni birinchi navbatda Google Pixel, OnePlus, Xiaomi, Oppo va Realme seriyasidagi smartfonlarga yuklash mumkin bo‘ladi. Keyinroq Android 11’ni oxirgi yillarda chiqqan deyarli barcha smartfonlarda yuklash imkoniyati paydo bo‘ladi.

Top