12:20 / 09.09.2020
2734
Kamavinga – Fransiya milliy jamoasining 106 yil ichidagi eng yosh debyutanti

«Renn» yarimhimoyachisi Eduardo Kamavinga Millatlar Ligasi doirasida Fransiya milliy jamoasi safida Xorvatiyaga (4:2) qarshi bahsda debyut qildi.

Opta'ning ma'lumotiga ko‘ra, Kamavinga Fransiyaning 106 yil ichidagi eng yosh debyutantiga aylandi  – 17 yoshu 10 oylik.

Yarimhimoyachi milliy jamoadagi eng yosh debyutantlar orasida uchinchi bo‘lib turibdi. Rekordchi –Jyulen Verbrujye (1906 yil, 16 yoshu 10 oylik), ikkinchi o‘rinda esa Moris Gastige (1914 yil, 17 yoshu 4 oylik).

Top