13:25 / 09.09.2020
3727
MIB Yangiyo‘lda 5 mlrd so‘m qarzdorlikning 1,36 mlrd so‘mini undirdi

 “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Toshkent viloyati filiali foydasiga 5 mlrd 060 mln 466 ming so‘m kredit qarz undirish to‘g‘risidagi ijro ishi davom etmoqda.

Majburiy ijro byurosining Yangiyo‘l tuman bo‘limi ish yurituviga Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining qarzdor korxonadan undiruvchi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Toshkent viloyati mintaqaviy filiali foydasiga 5 mlrd 060 mln 466 ming so‘m kredit qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Mazkur ijro ishi bo‘yicha olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdor korxonadan undiruvchi bank foydasiga 1 mlrd 360 mln so‘m naqd pul undirib berildi. 

Hozir korxonaning mol mulkini sotuvga qo‘yish hisobidan qarzning qolgan qismini undirish choralari ko‘rilmoqda.

Top