17:15 / 09.09.2020
24277
O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 42 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayganlar soni 42 mingdan oshgani haqida xabar berdi.

Bugun ayni paytga qadar respublikaning 7 hududida 264 bemor tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 42 ming 162 nafarga yetdi.

Tuzalganlar (+264)

  • Toshkent shahrida 167 nafar;
  • Toshkent viloyatida 69 nafar;
  • Samarqand viloyatida 9 nafar;
  • Namangan viloyatida 8 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 5 nafar;
  • Xorazm viloyatida 4 nafar;
  • Andijon viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.

Yangi holatlar (+363)
Bugun shuningdek 7 hududda tana harorati ko‘tarilgani sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida 363 holat aniqlangan va shu vaqtgacha qayd etilgan jami holatlar soni 44 ming 781tani tashkil etmoqda.

  • Toshkent shahrida 295 holat;
  • Toshkent viloyatida 24 holat
  • Samarqand viloyatida 12 holat;
  • Andijon viloyatida 11 holat;
  • Namangan viloyatida 9 holat;
  • Farg‘ona viloyatida 6 holat;
  • Xorazm viloyatida 6 holat aniqlandi.

O‘lim holatlari (+4)
Bugun hozircha Toshkent shahrida 3, Toshkent viloyatida 1 o‘lim holati qayd etildi va rasmiy statistikada qayd etilgan o‘lim holatlari soni 364 nafarga yetdi.

  • Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 83 yoshli M.M. (ayol);
  • Yangiyo‘l tumanida yashagan 56 yoshli E.D. (erkak);
  • Yunusobod tumanida yashagan 56 yoshli E.A. (erkak);
  • Shayxontohur tumanida yashagan 59 yoshli Z.A. (erkak) vafot etdi.

Hozirda mamlakatda 2255 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top