22:16 / 09.09.2020
2487
Pandemiya sababli Xitoydagi eng yirik aviasalon bekor qilindi

Xitoydagi eng yirik xalqaro aviasalon tashkilotchilari pandemiya sababli joriy yilda ko‘rgazma o‘tkazilmasligini e'lon qilishdi. Bu haqda aviasalon tashkilotchisi - Zhuhai Airshow Co. kompaniyasiga tayanib Reuters axborot agentligi xabar berdi.           

Foto: Reuters

Aviasalon saytida bu ma'lumot hali paydo bo‘lmagan. Ta'kidlanishicha, saytda aviasalonga chipta sotib olishga urinish vaqtida salon 10 noyabrdan 15 noyabrgacha o‘tishi hamda ma'lumot ayni vaqtda yangilanayotgani haqida yozuv paydo bo‘lmoqda.   

Odatda ushbu ko‘rgazmada Airbus, Boeing, Commercial Aircraft Corp of China (COMAC) kabi yirik ishlab chiqaruvchilar ishtirok etib keladi. Biroq pandemiya sharoitida aviatsiya sohasidagi ko‘plab xorijiy kompaniyalar aviasalonda ishtirok etish rejalarini qayta ko‘rib chiqqan. Bundan tashqari, hozircha Xitoyga kirish yangi kasallanish holatlari qayd qilinayotgani sababli jiddiy cheklangan.

Avvalroq Angliyaning Farnboro shahrida yana bir yirik aviasalon bekor qilingandi. Uning tashkilotchilari ko‘rgazmani raqamli formatda o‘tkazishga qaror qilishgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top