16:08 / 09.09.2020
4770
Rossiya energetika vaziri o‘rinbosari 603 million rublni o‘zlashtirib yuborishda ayblanib hibsga olindi

 Vazir o‘rinbosari qo‘lga olingani to‘g‘risida 8 sentyabrda ma'lum bo‘lgandi. Tixonov tergov qo‘mitasida so‘roq qilinganidan keyinoq hibsga olingan.

Foto: digital.gov.ru

 Rossiya energetika vaziri o‘rinbosari Anatoliy Tixonov o‘ta yirik miqdordagi mablag‘ni o‘zlashtirishda ayblanmoqda.

 Tergov xulosasiga ko‘ra, u Rossiya energetika agentligiga axborot tizimi yaratish uchun ajratilgan 603 million rublning (7,9 mln dollar) o‘zlashtirilishiga aloqador.

 Rossiya tergov qo‘mitasining ma'lum qilishicha, o‘g‘irlikka shuningdek, Tixonovning maslahatchisi Roman Rijkov, «Lanit» AJ vitse-prezidentlari Vladimir Makarov va Viktor Serebryakov ham aloqador. Ularning barchasi hibsga olingan.

 Ularning ish va yashash joylarida tintuv o‘tkazilib, ish uchun ahamiyati bo‘lgan hujjatlar musodara qilingan.

 Vazir o‘rinbosari qo‘lga olingani to‘g‘risida 8 sentyabrda ma'lum bo‘lgandi. Tixonov tergov qo‘mitasida so‘roq qilinganidan keyinoq hibsga olingan.

Top