11:27 / 09.09.2020
23287

Shirin shahriga yangi hokim tayinlandi

«Yuksalish» umummilliy harakatining Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari lavozimida ishlab kelgan Sultonov Sarvarbek To‘lqinbek o‘g‘li Shirin shahar hokimi etib tayinlandi.

Bugun, 9 sentabr kuni Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilib, Abdug‘affor Tillaboyevich Hojimatov boshqa lavozimga tayinlangani munosabati bilan Shirin shahar hokimi vazifasidan ozod qilindi.

Abdug‘affor Hojimatov
  • Abdug‘affor Hojimatov 2019 yil oktyabridan buyon Shirin shahriga rahbarlik qilib kelayotgandi.

Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berishicha, shu kungacha «Yuksalish» umummilliy harakatining Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari lavozimida ishlab kelgan Sultonov Sarvarbek To‘lqinbek o‘g‘li Shirin shahar hokimi etib tasdiqlandi.

Sarvarbek Sultonov

Ma'lumot o‘rnida, Sarvarbek Sultonov 1989 yilning 19 iyulda Oqoltin tumanida tug‘ilgan. 2011 yilda Guliston davlat universiteti, 2013 yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistaturasini tamomlagan. «Do‘stlik» ordeni sohibi.

Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofur Mirzayev

Mehnat faoliyati davomida turli yillarda O‘zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati «Yetakchi» yoshlar o‘quv markazi Sirdaryo viloyati koordinatori, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Sirdaryo viloyat Kengashi Aholi bandligi va ijtimoiy siyosat masalalari bo‘limi mudiri, Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani xalq ta'limi muassasalar faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi uslubchisi, O‘zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Oqoltin tumani Kengashi raisi, O‘zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Sirdaryo viloyati Kengashi raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi raisining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

 
Top