09:35 / 09.09.2020
2409
Surxondaryoda eng ko‘p oilaviy korxonalar tashkil etildi

Viloyatda 2020 yil yanvar-avgust oylarida 3 371 ta yangi oilaviy korxonalar tashkil qilingan.

2020 yil yanvar-avgust oylarida respublika bo‘yicha yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalarning soni 12 500 tani tashkil etgan

Davlat statistika qo‘mitasi Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Nurbek Sheraliyevning ma'lumot berishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 275 taga ko‘paygan. 

Qayd etilishicha, o‘sish sur'ati 52,0 foizga oshgan. 

2020 yil yanvar-avgust oylarida hududlar bo‘yicha eng ko‘p Surxondaryo viloyatida oilaviy korxonalar tashkil etilgan.

Viloyatda 2020 yil yanvar-avgust oylarida 3 371 ta yangi oilaviy korxonalar yaratilgan.

Top