18:18 / 10.09.2020
35218
6ta tumanda va bir shaharda IIBning yangi boshliqlari tayinlandi

Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak, Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik, Andijon viloyatining Asaka va Baliqchi, Qashqadaryo viloyatining G‘uzor, Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanlarida va Toshkent viloyatining Angren shahrida IIBning yangi boshliqlari ish boshladi.

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, podpolkovnik Sabit Abdijamilovich Utambetov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

podpolkovnik Sabit Abdijamilovich Utambetov

Tayinlovga qadar S.Utambetov Nukus shahar bo‘yicha IIO FMB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

  • Qorao‘zak tumani IIBga 2017 yil dekabridan buyon podpolkovnik Mahmud Maksetovich Rametov rahbarlik qilib kelayotgandi. Avvalroq Qorao‘zak tumani IIB boshlig‘i mashinasi 23 yashar yigitni urib ketgani haqida xabar berilgandi.

Podpolkovnik Dilmurod Xatamovich Valiyev Toshkent viloyati Angren shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Podpolkovnik Dilmurod Xatamovich Valiyev

Tayinlovga qadar D.Valiyev Olmaliq shahar IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

  • U bu lavozimda 2020 yil martidan buyon ishlagan podpolkovnik Olim Zakirovich Ergashev o‘rnini egalladi.

Podpolkovnik Abrorjon A'zamjonovich Mavlonov Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Podpolkovnik Abrorjon A'zamjonovich Mavlonov

Tayinlovga qadar A.Mavlonov O‘zbekiston tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

  • Uchko‘prik tuman IIBning avvalgi boshlig‘i, podpolkovnik Alisher Ashurov shu yilning avgustida Marg‘ilon shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi. 

Podpolkovnik Sardorbek Raximjonovich Umarov Andijon viloyati Asaka tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Podpolkovnik Sardorbek Raximjonovich Umarov

Tayinlovga qadar S.Umarov Baliqchi tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

  • Asaka tumani IIBga 2019 yil iyunidan buyon podpolkovnik Nurillo Saydulloyevich Biloloxunov rahbarlik qilib kelayotgandi.

Podpolkovnik Nurillo Saydulloyevich Biloloxunov Andijon viloyati Baliqchi tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Podpolkovnik Nurillo Saydulloyevich Biloloxunov

Tayinlovga qadar N.Biloloxunov Asaka tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

  • Baliqchi tuman IIBning avvalgi boshlig‘i S.Umarov Asaka tumani IIBga rahbar bo‘ldi.

Podpolkovnik Zafar Jomuradovich Tursunov Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Podpolkovnik Zafar Jomuradovich Tursunov

Tayinlovga qadar Z.Tursunov Qarshi shahar bo‘yicha IIO FMB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

  • G‘uzor tuman IIBga 2018 yil avgustidan buyon mayor Sunnat Rahmonov rahbarlik qilib kelayotgandi.

Podpolkovnik G‘ayrat Choriyevich Xo‘jamqulov Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Podpolkovnik G‘ayrat Choriyevich Xo‘jamqulov

Tayinlovga qadar G‘.Xujamqulov Muzrabot tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

  • 2020 yil martidan buyon Qiziriq tuman IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan podpolkovnik Anvar Mamatovich Normamatov shu yilning avgustida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Top