10:34 / 10.09.2020
8324

Abdug‘affor Hojimatov Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi

Sirdaryo viloyati hokimligida viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev raisligida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilishda viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga yangi tayinlov amalga oshirildi.

Shu kunga qadar Shirin shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Abdug‘affor Hojimatov viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Ma'lumot o‘rnida, Abdug‘affor Hojimatov 1967 yil 31 avgustda Namangan viloyati Uychi tumanida tug‘ilgan. 1994 yilda Namangan muhandislik-texnologiya institutini tamomlagan. 

Mehnat faoliyati davomida Namangan muhandislik-texnologiya instituti muhandisi, Sirdaryo viloyati “Sirdaryo gaz ta'minoti” boshqarmasi yetakchi muhandisi, Sirdaryo viloyati “Guliston gaz ta'minoti” korxonasi bosh muhandisi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zneftgazinspeksiyasi” Sirdaryo viloyati bo‘limi 1-toifali muhandis-texnologi, yetakchi muhandis-texnologi, bosh texnologi, “Markazgazta'minot” unitar korxonasi Sirdaryo viloyati gaz ta'minoti boshqarmasi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati hokimligi sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari kotibiyati mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Avvalroq, «Yuksalish» umummilliy harakatining Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari lavozimida ishlab kelgan Sarvarbek Sultonov Shirin shahar hokimi etib tayinlangandi

Top