18:51 / 10.09.2020
9994
AQSh Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarini Xitoyga qarshi turishga chaqirdi

Mayk Pompeo Xitoyning bahsli suvlardagi harbiy faolligiga "so‘zda emas, amalda" qarshilik ko‘rsatish muhim ekanligini ta'kidladi.

Foto: Anadolu Agency

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Janubi-Sharqiy Osiyo millatlari tashkiloti (ASeAN)ga a'zo davlatlarni Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi harbiy faolligi kuchayishiga qarshi chora ko‘rishga chaqirdi.

 Pompeo ASeAN mamlakatlari tashqi ishlar vazirlariga onlayn rejimda murojaat qilar ekan, Xitoyning bahsli suvlardagi harbiy faolligiga "so‘zda emas, amalda" qarshilik ko‘rsatish muhim ekanligini ta'kidladi.

U AQSh Pekinga qarshi choralarni qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

Pompeoning qayd etishicha, Xitoy ASeANning demokratik qadriyatlar, suverenitet, tenglik va hududiy yaxlitlik kabi tamoyillarini hurmat qilmayapti.

«Oldinga qadam tashlash kerak deb hisoblayman. Shunchaki gapirish yetarli emas, amalda harakat qilish kerak. O‘zingizga ishoning. Amerika do‘st sifatida yoningizda turadi», - deb va'da berdi Mayk Pompeo.

Top