16:20 / 10.09.2020
3074
Hayvonot olami 50 yil ichida 68 foizga kamayib ketgani ma'lum qilindi

Eng ko‘p yo‘qotishlar Shimoliy va Janubiy Amerikaning tropik hududlarida qayd etilgan - bu yerlarda yashovchi jonivorlar soni 94 foizga kamaygan.

Foto: Zuma\TASS

Keyingi 50 yil davomida sutemizuvchilar, qushlar, baliqlar soni 68 foizga kamaygan. Bu haqda Jahon yovvoyi tabiat fondi (WWF) hisobotida aytilmoqda.

"Jonli sayyora global indeksi pasayishda davom etmoqda. 1970 yildan 2016 yilgacha sutemizuvchilar, qushlar, amfibiyalar, sudralib yuruvchilar va baliqlar soni o‘rtacha 68 foizga kamaygan", - deyiladi hisobotda.

Jonli sayyora indeksi sutemizuvchilar, qushlar, amfibiyalar, sudralib yuruvchilar va baliqlarning 4 mingdan ortiq turi soni haqidagi ma'lumotlar asosida tuzilgan.

Hisobotga ko‘ra, eng ko‘p yo‘qotishlar Shimoliy va Janubiy Amerikaning tropik hududlarida qayd etilgan - bu yerlarda yashovchi jonivorlar soni 94 foizga kamaygan.

Jonli sayyora indeksi 1998 yildan buyon har ikki yilda e'lon qilinadi.

Top