20:16 / 10.09.2020
13116
Husiychilar Saudiya Arabistoni poytaxtiga zarba berdi

Yamanlik husiychilar Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodga zarba berdi. Jangarilarning ta'kidlashicha, ular shahardagi “muhim obekt”ni nishonga olishga muvaffaq bo‘lishgan. 

Foto: AP

Hujum 3ta Samad3 droni va Dul-Faqqar ballistik raketasi yordamida amalga oshirilgan. Husiychilar gap aynan qanday obekt haqida ketayotganiga aniqlik kiritishmagan, podshohlik vakillari esa bu borada hozircha hech qanday izoh berishmagan.

Husiychilar rasmiy vakili Yahyo Sariyaning ta'kidlashicha, Ar-Riyodga qarshi amalga oshirilgan hujumlar husiychilarning Saudiya Arabistonining muntazam hujumlari va Yamanning qamal qilinishiga javobi hisoblanadi.

Yamanda husiychilar va hukumat kuchlari o‘rtasidagi ixtilof 2014 yildan beri davom etib keladi. Bu ixtilofda husiylarni Eron va “Hizbulloh” qo‘llab-quvvatlashi taxmin qilinadi, Yaman hukumat kuchlariga esa Saudiya Arabistoni boshchiligidagi xalqaro koalitsiya ko‘mak ko‘rsatadi.  

Top