10:41 / 10.09.2020
3344
Koronavirus: Dunyo bo‘ylab qurbonlar soni 900 mingdan oshdi

Koronavirusdan vafot etganlar soni bo‘yicha reytingning birinchi o‘rinida AQSh joylashgan. Keyingi o‘rinlarni Braziliya, Hindiston va Meksika band etgan.

Foto: AP

Dunyoda shu vaqtgacha Covid-19 tufayli vafot etganlar soni 900 ming kishidan oshdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti saytidagi ma'lumotlarda keltirilgan.

Universitet ma'lumotlariga ko‘ra, 10 sentabr holatiga ko‘ra koronavirusga chalinish holatlari soni 27 million 695 ming 130tani tashkil etmoqda. Shundan 18 million 606 ming 83 bemor tuzalgan.

Saytda kasallikka chalinish holatlarining aksar qismi AQSh (6 358 247 holat), Hindiston (4 370 128 holat) va Braziliya (4 162 073 holat) hissasiga to‘g‘ri kelishi ko‘rsatilgan. Rossiya to‘rtinchi o‘rinda joylashgan - so‘nggi bir kunda 5218 kishida kasallik aniqlandi va jami holatlar soni 1 milliondan oshdi (1 037 526). Keyingi o‘rinlarda Peru (696 190), Kolumbiya (679 513), Meksika (647 507), Janubiy Afrika Respublikasi (642 431), Ispaniya (543 379) va Argentina (512 293) bormoqda.

O‘lim holatlari bo‘yicha ham AQSh yetakchi - 195 ming 239 kishi koronavirusga chalinish oqibatida vafot etgan. Keyingi o‘rinlarda Braziliya (128 653), Hindiston (75 091), Meksika (69 095), Buyuk Britaniya (41 594), Italiya (35 577), Fransiya (30 794), Peru (30 236), Ispaniya (29 628) va Eron (22 669) joylashgan.

10 sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda rasmiy statistikaga ko‘ra 45 ming 160 kishida kasallik aniqlangan, shundan 42 ming 212 kishi tuzalib chiqqan, 368 kishi vafot etgan. 9 sentabr kuni O‘zbekiston jahon reytingida Qirg‘izistondan o‘tib ketdi - qo‘shni mamlakatda shu vaqtgacha jami 44 ming 684 holat aniqlangan, lekin bu davlatda o‘limlar soni ko‘proq qayd etilgan - 1061. Markaziy Osiyo mintaqasida bu borada Qozog‘iston yetakchi - 106 ming 584 holat va 1634 o‘lim. Kasallanishning ilk holatlari 30 aprel kuni tasdiqlangan Tojikistonda esa 8899ta kasallanish holati qayd etilib, 71 o‘lim haqida e'lon qilingan. Turkmanistonda koronavirusdan zararlanish holatlari tasdiqlanmagan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top