09:32 / 10.09.2020
4264
Londonda bir xonali ekstremal mehmonxona ochildi

Jeep avtomobil markasi Londonda dunyodagi eng ekstremal mehmonxonani ochdi. Gap shundaki, bor-yo‘g‘i bir xonadan iborat mehmonxona yerdan 70 metr balandlikda joylashgan.

Jeep London aholisiga mehmonxonaga tashrif buyurib, koronavirus pandemiyasi vaqtida yangi taassurotlarga ega bo‘lishni taklif qilmoqda.

Mehmonxona The O2 Arena ko‘ngilochar majmuasining ustunlariga mahkamlangan chodirdan iborat. Mehmonxonada to‘xtovchilar majmua tomi bo‘ylab sayr qilishlari hamda u yerda ovqatlanishlari mumkin. Ular ixtiyorida uyqu uchun mo‘ljallangan ikkita qopcha va yomg‘irdan himoyalovchi g‘ilof bo‘ladi.

Antiqa mehmonxona ochilishi Jeep Renegade 4xe avtomobilining savdoga chiqarilishiga atalgan. 

Top