09:34 / 10.09.2020
6548
Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Xurshid Ochilov viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ish boshladi.

Samarqand viloyati hokimining qarori bilan Xurshid Ochilov viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasiga tayinlandi

Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, Xurshid Ochilov ushbu tayinlovga qadar viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri vazifasida faoliyat olib borgan.

U 2003-2004 yillarda Oqdaryo tuman Dehqon va fermer xo‘jaliklar uyushmasi huquqshunos-maslahatchisi, 2007-2008 yillarda Jizzax shahar Shukur Sa'dulla nomli 11-o‘rta maktabda tarix fani o‘qituvchisi, so‘ng harbiy xizmatda bo‘lgan.

2008-2010 yillarda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashi Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi yetakchi mutaxassisi, 2010-2011 yillarda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashi Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi O‘quv bo‘lim boshlig‘i, 2011-2012 yillarda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashi Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi axborot xizmati rahbari sifatida ishlagan.

2012-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati boshqaruvchisi Kotibiyatining inspektori bo‘lgan. 2019 yilda Samarqand viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari o‘rinbosari kotibiyati mudiri sifatida ish boshlagan.

Top