22:17 / 11.09.2020
5456

Afg‘onistonda jangarilar hujumi vaqtida 16 harbiy halok bo‘ldi 

Afg‘onistonda “Tolibon” harakati jangarilarining hujumi oqibatida 16 nafar harbiy va politsiyachi halok bo‘ldi.

Foto: Reuters

Jangarilar Nangarhor viloyatidagi Haqqoniy shahrida xavfsizlik xizmatlari blokpostlariga zarba bergan. Qurbonlardan tashqari yaralanganlar ham bor. 

Toliblar ushbu hujumni 12 sentyabrda Dohada o‘tishi rejalashtirilgan afg‘onlararo muzokaralar arafasida amalga oshirgan. Qatar poytaxtiga “Tolibon” rahbariyati a'zosi Abdul G‘ani Birodar boshchiligidagi delegatsiya yetib kelgan.

Afg‘onistonda toliblarning hujumi haqida oxirgi marta 1 sentyabrda ma'lum qilingandi. O‘shanda jangarilar Gardiz shahrida kuch tuzilmalari xodimlariga hujum qilgan. Buning oqibatida 3 harbiy halok bo‘lgan, yana 5 nafari jarohatlangan. Ikki jangari otishma davomida yo‘q qilingan.

9 sentyabrda noma'lum kishilar Afg‘onistonning birinchi vitse-prezidenti Amrulloh Solihga Kobulda suiqasd qildi. Hujum oqibatida Solihning qo‘riqlash xizmatidan 2 kishi halok bo‘lgan, 7 kishi yaralangan. Siyosatchining o‘ziga hech narsa qilmagan.

Top