12:15 / 11.09.2020
7996
Andijonda fuqaroni 645 000 dollarga «uxlatgan» xitoylikka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

2018 yilning may oyidan 2019 yilning 7 mart kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi 49 yoshli L.J. Andijon viloyatida yashovchi 43 yoshli J.A.ning ishonchiga kirib, Toshkent shahrida joylashgan MChJga tegishli bo‘lgan g‘isht ishlab chiqarish korxonasini 1.000.000 AQSh dollariga sotishligini aytgan.

O‘zbekiston Respublikasi IVV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, L.J. 645 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, shu kunga qadar turli bahonalar qilib MChJga tegishli bo‘lgan g‘isht ishlab chiqarish korxonasini J.A.ning nomiga rasmiylashtirmaganligi yoki qo‘lga kiritilgan pullarni qaytarib bermay shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top