23:58 / 11.09.2020
66755

Koronavirus: Samarqand va Namangan viloyatlarida o‘nlab bemorlar aniqlandi

11 sentabr kuni O‘zbekistonda 593 kishida koronavirus aniqlanib, 468 bemor sog‘aydi, deb ma'lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Bu – so‘nggi uch hafta ichidagi ikkinchi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Bir kun oldin, 10 sentyabrda 749 nafar yangi bemor aniqlangandi.

Rasmiy statistikaga ko‘ra, jami holatlar 46 mingdan, tuzalganlar esa 43 mingdan oshdi; qurbonlar 380 nafarga yetdi.

Yangi holatlar (+593)

So‘nggi bir necha kun ichida Toshkent shahrida kasallanish ko‘rsatkichi keskin oshgani kuzatilgandi, 10 sentabr kuni esa Namangan va Samarqand viloyatlarida yuqori o‘sish qayd etildi.

  • Toshkent shahri – 376
  • Toshkent viloyati – 70
  • Namangan viloyati – 62
  • Samarqand viloyati – 47
  • Andijon viloyati – 14
  • Qashqadaryo viloyati – 6
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 6
  • Farg‘ona viloyati – 5
  • Xorazm viloyati – 5
  • Navoiy viloyati – 2

Tuzalganlar (+468)

Vazirlik jami 46 272 bemordan 43 023 nafar tuzalganini qayd etgan.

  • Toshkent shahri – 285
  • Toshkent viloyati – 157
  • Namangan viloyati – 10
  • Andijon viloyati – 6
  • Qashqadaryo viloyati – 5
  • Navoiy viloyati – 3
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2

O‘lim holatlari (+7)

Kun davomida Toshkent shahrida 5 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 1 nafar bemor vafot etgani xabar qilindi.

  • Qashqadaryolik 54 yoshli A.J. (erkak)
  • Poytaxtlik 37 yoshli Sh.G. (ayol)
  • Parkent tumanida yashagan 62 yoshli X.A. (erkak)
  • Shayxontohur tumanida yashagan 49 yoshli Z.D. (ayol)
  • Yunusobod tumanida yashagan 69 yoshli B.A. (ayol)
  • Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 78 yoshli O.F. (ayol)
  • Uchtepa tumanida yashagan 60 yoshli D.T. (erkak)

Davolanayotgan bemorlar 2 869 nafarni tashkil etmoqda. 3 kun oldin bu ko‘rsatkich 2 027tani tashkil etayotgandi.

Bemorlarning 475 nafari og‘ir, 228 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top