13:58 / 11.09.2020
5878

Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan muntazam aviaqatnovni tiklaydi

Hozirda O‘zbekiston bilan muntazam aviareyslarni tiklash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston respublika shtabi xabar berdi, deb yozmoqda 24.kg.

Aniqlik kiritilishicha, 14 sentyabrdan boshlab ular Toshkent - Bishkek - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Aviakompaniyalar ushbu yo‘nalishda aviachiptalar sotuvini boshladi. Toshkentga parvozlar haftada bir marta amalga oshiriladi.

Qirg‘iziston 17 sentyabrdan boshlab Qozog‘iston bilan ham parvozlarni tiklashni rejalashtirgan. Olmaota - Bishkek - Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftasiga ikki marta amalga oshiriladi, keyinchalik ularning soni ko‘payadi.

2020 yil 1 sentyabridan boshlab O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi avtoyo‘l o‘tkazish punktlariga nisbatan kirib-chiqish bo‘yicha cheklovlar sanitariya-gigiyena talablariga qat'iy rioya etgan holda bekor qilindi.

Unga ko‘ra, quyidagi tartib joriy etildi

oxirgi 14 kun Qirg‘iziston Respublikasida bo‘lib turgan yoki so‘nggi 72 soat davomidagi koronavirus infeksiyasiga PZR test tekshiruvining manfiy natijalari to‘g‘risida ma'lumotnomasi mavjud bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelganda karantin nazoratiga olinmaydi;

Qirg‘iziston Respublikasiga chiqqan hamda faqatgina ushbu mamlakat hududida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari respublikaga qaytib kirgandan so‘ng karantin nazoratiga olinmaydi;

mazkur bandning 3 va 4 xatboshisida belgilangan holatlardan tashqari barcha vaziyatlarda O‘zbekiston Respublikasiga kirib keluvchi shaxslar o‘rnatilgan tartibda karantin nazoratiga olinadi.

Top