11:48 / 11.09.2020
19270

Samarqandda «Afrosiyob» tezyurar poyezdi chorva mollarini bosib ketdi

Chorva mollari egasiga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 113-moddasi 2-qismiga asosan 111 500 so‘m jarima qo‘llanildi.

Joriy yilning 6 sentabr kuni soat taxminan 10:17lar atrofida «Toshkent—Samarqand—Buxoro» yo‘nalishida harakatlangan 762-sonli «Afrosiyob» tezyurar yo‘lovchi poyezdi «Kattaqo‘rg‘on—Ziyovuddin» bekatlari oralig‘ida temir yo‘l hududiga kirib qolgan 3 bosh mayda shoxli chorva mollarini bosib ketgan.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, surishtiruv ishlari natijasida ushbu bir bosh qo‘y, bir bosh qo‘zi, bir bosh uloqchani 1996 yilda tug‘ilgan, Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi M.Q. qarovsiz qoldirganligi aniqlandi.

Sodir bo‘lgan ushbu holat boshqa poyezdlar qatnoviga xalaqit bermagan, deyiladi ma'lumotda.

Ta'kidlanishicha, fuqaro M.Q.ga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 113-moddasi 2-qismiga asosan 111 500 so‘m jarima qo‘llanildi.

Top