22:05 / 12.09.2020
13933
Eron Isroil sababli Bahraynga qasos olish bilan tahdid qildi
Foto: Creative Commons

Bahrayn Isroil bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida kelishuvga erishgan bir oy ichidagi ikkinchi arab davlati bo‘ldi. 

Islom inqilobi muhofizlari korpusi Isroil bilan munosabatlar o‘rnatgani uchun Bahraynni qasos olish to‘g‘risida ogohlantirdi.

"Bahraynning zolim hukmdorlarini Quddus ozodligi uchun kurashuvchilar, musulmonlar va bu mamlakatning vijdonli insonlarining keskin qasosi kutadi", - deyiladi Sepah News saytida e'lon qilingan bayonotda.

Bayonotda qayd etilishicha, bahrayn hukumati "xoinlik" va "ahmoqona xato"ga yo‘l qo‘ygan va shunga munosib javob oladi. 

Juma kuni Bahrayn Isroil bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida kelishuvga erishgan bir oy ichidagi ikkinchi arab davlati bo‘ldi.

Avgust o‘rtasida Isroil va BAA tinchlik sulhini tuzish bo‘yicha kelishuvga erishgandi.

Ta'kidlanishicha, Bahrayn Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan Isroil va BAA o‘rtasidagi kelishuv imzolanishi marosimida ishtirok etadi.

Top