12:18 / 12.09.2020
5863
Surxondaryoda g‘isht uchun joy talashish tan jarohati yetkazilishiga sabab bo‘ldi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

2020 yilning 20 avgust kuni soat 08:30da Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani «Do‘g‘oba» mahallasida 49 yoshli T.P. yashash uyining orqa tomonidagi ko‘chaga loydan quygan g‘ishtlarni qurishi uchun ko‘chaning cheti bo‘ylab terib chiqayotgan bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, shu vaqtda qo‘shnisi, voyaga yetmagan, 16 yoshli D.R. unga uyi oldiga g‘isht qo‘ymasligini, uyiga kirib-chiqishga xalaqit berishini aytganligi sababli, bir-birlari bilan tortishib, janjallashgan vaqtida, T.P. qo‘lida bo‘lgan temir metalldan ishlangan g‘isht qolipi bilan voyaga yetmagan D.R.ning boshiga bir marotaba qasddan urib, uning hayoti uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltinsoy tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan T.P.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. T.P. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top