18:26 / 13.09.2020
7292

AQShda koronavirus haqidagi rasmiy hisobotlar Trampning so‘zlariga mos tarzda o‘zgartirilgan - CNN

AQSh sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vazirligi Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlarining koronavirus haqidagi hisobotlarini AQSh prezidenti Donald Trampning ushbu infeksiya haqidagi so‘zlariga zid bo‘lmaydigan qilib qayta to‘g‘rilagan. Bu haqda CNN telekompaniyasi xabar berdi.  

Foto: Getty Images

CNN ma'lumotlariga ko‘ra, markazlarning har haftalik hisobotlari sog‘liqni saqlash vazirligiga tushgan dastlabki ko‘rinishda e'lon qilinmay, balki Tramp so‘zlariga mos keladigan holda tahrirlangan. 

Biroq telekompaniya bunga aniq misollar va bunday tuzatishlar qachon kiritilgani haqida ma'lumot keltirmagan.

Materialda ta'kidlanishicha, sog‘liqni saqlash vazirligi xatti-harakatlari “koronavirusning xavflilik darajasini pasaytirishga uringan” Tramp ma'muriyati siyosatiga mos keladi.  

CNN manbalari ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh ma'muriyati vakillari Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari AQSh prezidenti manfaatlariga zid ravishda harakat qilgan bo‘lishi mumkinligi va shu sababli ularning hisobotlarini tahrirlash lozim deb o‘ylashgan. 

Top