09:59 / 13.09.2020
10481
EPSILON (EDC): ishlar sur'ati oshirilmoqda

Respublika iste'molchilari, jumladan Farg‘ona vodiysiga kuz-qish davrida gaz yetkazishda ishonchlilikni mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston gaz yetkazish tizimini (GTS) modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Xususan:

  • “Ohangaron-Pungan” asosiy gaz quvurida uzunligi 25 km bo‘lgan yonlama quvur tortish (luping) hamda quvurning 338 km dan boshlangan, “Yangiyer KS-Shirin GTS” gacha bo‘lgan 4,7 km lik masofada gaz oqimi yo‘nalishini o‘zgartirgich (otvod) qurilishi;
  • “Muborak-Zirabuloq” (BGX-TBA), “DBST”, “Kelif-Muborak” va “BGX-TBA-A” gaz quvurlarining umumiy 25,8 km lik avariyaviy qismlarini to‘liq ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Qirqquloch-4 va Mirbaraka-2 quduqlaridan gaz o‘tkazgich (shleyf) quvurlar qurilishi yakunlanib, ularni asosiy gaz quvurlariga ulash ta'minlandi. Natijada respublika iste'molchilariga kuniga qo‘shimcha 600 ming kub.m gacha gaz yetkazish imkoniyati yaratildi.

Barcha ishlar o‘rnatilgan sanitariya-epidemiologiya va ekologiya me'yorlariga muvofiq tarzda bajarilmoqda.  

Epsilon Matbuot xizmati

Top