08:05 / 13.09.2020
28707
Koronavirus: O‘zbekistonda davolanishda bo‘lgan bemorlar soni 3 mingga yaqinlashdi

O‘zbekistonda 12 sentabr kuni 578ta yangi holat qayd etildi, 488 nafar bemor tuzaldi, 6 bemor vafot etdi.

Yangi holatlar (+578)
Kun davomida respublikaning 10 hududida tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida yangi holatlar aniqlangan va jami holatlar soni 46 ming 850taga yetgan.

  • Toshkent shahrida 297 holat;
  • Toshkent viloyatida 162 holat;
  • Samarqand viloyatida 53 holat;
  • Andijon viloyatida 21 holat;
  • Xorazm viloyatida 20 holat;
  • Buxoro viloyatida 8 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 7 holat;
  • Surxondaryo viloyatida 5 holat;
  • Navoiy viloyatida 3 holat;
  • Farg‘ona viloyatida 2 holat.

Tuzalganlar (+488)
Kun davomida respublikaning 9 hududida jami 488 nafar bemor tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 43 ming 511 nafarga yetdi.

  • Toshkent shahrida 275 nafar;
  • Toshkent viloyatida 156 nafar;
  • Samarqand viloyatida 21 nafar;
  • Namangan viloyatida 9 nafar;
  • Buxoro viloyatida 8 nafar;
  • Andijon viloyatida 7 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 4 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 4 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 2 nafar;
  • Xorazm viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi. 

O‘lim holatlari (+6)
Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi va rasmiy statistikada qayd etilgan o‘lim holatlari soni 386taga yetdi.

  • Shayxontohur tumanida yashagan 69 yoshli V.T. (erkak);
  • Parkent tumanida yashagan 65 yoshli M.N. (ayol);
  • Olmazor tumanida yashagan 75 yoshli M.M. (ayol);
  • Sergeli tumanida yashagan 61 yoshli F.M. (ayol);
  • Zangiota tumanida yashagan 62 yoshli A.Sh. (erkak);
  • Yakkasaroy tumanida yashagan 85 yoshli A.X. (erkak) vafot etdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2 953 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 475 nafari og‘ir, 231 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Top