13:49 / 14.09.2020
1525
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni ochiqlandi

2019 yilda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 334,8 mingtani tashkil etdi. Bu haqda Davstatqo‘m xabar berdi.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar sonining eng ko‘p ulushi savdo sohasida (30,0 foiz), sanoat tarmoqlarida (20,9 foiz), qurilishda (10,8 foiz), qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida (8,6 foiz), yashash va ovqatlanishda (7,6 foiz), tashish va saqlashda (4,5 foiz)ni tashkil etdi.

Hududlar bo‘yicha o‘rtacha ish haqini hisoblash uchun qabul qilinadigan mehnat daftarchalariga ega bo‘lgan xodimlar sonining eng ko‘pi Toshkent shahri (345 646 ta), Toshkent (121 718 ta), Samarqand (100 940 ta), Farg‘ona (77 269 ta), Andijon (76 296 ta), Namangan (70 677 ta) va Qashqadaryo (64 028 ta) viloyatlariga to‘g‘ri keldi.

2019 yilda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha ish haqini hisoblash uchun qabul qilinadigan mehnat daftarchalariga ega bo‘lgan xodimlar sonining eng ko‘pi sanoatda – 402 744 ta, shuningdek, savdoda – 206 281 ta, qurilishda – 195 887 ta, tashish va saqlashda – 81 213 ta, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 73 926 tani tashkil etdi.

2019 yilda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha mehnat daftarchalari mavjud bo‘lgan jismoniy shaxslarga hisoblangan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar hajmining eng ko‘pi sanoatda – 5 653,5 mlrd. so‘m, shuningdek, qurilishda – 3 081,8 mlrd. so‘m, savdoda – 2 221,8 mlrd. so‘m, tashish va saqlashda – 803,2 mlrd. so‘m, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 686,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Top