13:52 / 14.09.2020
6486
Jizzaxda baland ovozda musiqa qo‘yish tan jarohati yetkazilishiga sabab bo‘ldi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

2020 yilning 12 avgust kuni soat 22:30da 18 yoshli O.A. Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Samarqandquduq mahallasida 40 yoshli R.I., bilan o‘zaro janjallashib qolgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, O.A. “nega kech bo‘lganda baland ovozda musiqa qo‘yib, bizning tinchimizni buzyapsan”, deb R.I.ning yashash xonadoni yaqinida tanasining turli joylariga urib, tepib unga qasddan og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Natijada, R.I. tan jarohatlari bilan tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Sud-tibbiy ekspertizaning 2020 yil 7 sentyabrdagi xulosasiga ko‘ra, R.I. hayot uchun xavfli bo‘lgan “og‘ir” tan jarohatlari olganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sharof Rashidov tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. O.A. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top