12:20 / 14.09.2020
7734
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 10 ming 300 so‘mga yaqinlashdi

Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e'lon qildi. Ushbu almashuv kurslari 15 sentabr kunidan kuchga kiradi.

Unga ko‘ra dollarning rasmiy kursi 21,16 so‘mga ko‘tarilib, bir dollar 10295,33 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 32,26 so‘mga oshib, 12194,82 so‘mga teng bo‘ldi.

Rubl kursi esa 1,37 so‘mga qimmatlagan va 1 rubl 137,65 so‘mni tashkil etgan.

Top