14:29 / 14.09.2020
29569
Qo‘ng‘irot va Qo‘shko‘pir tumanlari FVB boshliqlari koronavirusdan vafot etdi

FVV tizimida ikki nafar xodim koronavirus asoratlari tufayli vafot etdi. Bu haqda vazirlik xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qo‘ng‘irot tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Kuanishbay Akimov va Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qo‘shko‘pir tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i mayor Doniyor Jabborov hayotdan ko‘z yumdi.

Vazirlik xabarida aytilishicha, shu kunga qadar ushbu xodimlar koronavirus infeksiyasi bilan xastalanib, shifoxonaga yotqizilgan.

Podpolkovnik Kuanishbay Akimov 20 yildan ortiq muddat davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Yong‘in xavfsizligi boshqarmasida turli lavozimlarda xizmat qilib kelgan.

Podpolkovnik Kuanishbay Akimov

Mayor Doniyor Jabborov ham vazirlik tizimida 2005 yil aprel oyidan buyon turli lavozimlarda xizmat qilgan.

Mayor Doniyor Jabborov

«Yuqorida nomlari tilga olingan xodimlarimiz, afsuski, ko‘rinmas yovga qarshi kurashib, xalqimizning tinchligi va farovonligi yo‘lida o‘z xizmat burchini bajarish chog‘ida ushbu kasallikni yuqtirib olganlar.

Ular so‘nggi nafasiga qadar el-u yurt manfaatlari yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilib, insonlarning tinch, xotirjam va farovon hayoti uchun shirin jonlarini ayamadilar. Ko‘rsatgan fidoyiliklari va matonati aslo xotiramizdan o‘chmaydi», - deyiladi FVV ma'lumotida.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top