15:15 / 14.09.2020
11737

Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga yangi direktor tayinlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan, Saidaxon Shuhratovna Mirrahimova Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

Vazirlik matbuot xizmati xabar berishicha, unga markaz faoliyati va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, narkologik kasalliklar sohasidagi profilaktika, diagnostika va davolash ishlarida innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish, yetakchi xorijiy tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish, tizimda axborotlarning faol almashinuvini ta'minlash singari vazifalar yuklatildi.

Saidaxon Mirrahimova

37 yoshli tibbiyot fanlari doktori S.Mirrahimova Londondagi Staffordshir universitetida sog‘liqni saqlashni tashkillashtirish bo‘yicha malakasini oshirgan. 

Saidaxon Mirrahimova shu paytgacha Samarqand viloyat ixtisoslashgan ko‘z kasalliklari shifoxonasi bosh shifokori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Top