21:34 / 14.09.2020
4586

Saudiya Arabistoni xalqaro aviaqatnovlarni qisman tiklaydi

Qirollik 2021 yil 1 yanvardan fuqarolarning havo, quruqlik va dengizda harakatlanishiga qo‘yilgan barcha cheklovlarni bekor qiladi.

Foto: Travelweek

Saudiya Arabistoni xalqaro parvozlarga qo‘yilgan taqiqni «alohida toifadagi» shaxslar uchun 15 sentyabrdan boshlab bekor qiladi.

Reuters agentligining xabar berishicha, alohida toifaga davlat va harbiy sektorlar xodimlari, diplomatlar va ularning oila a'zolari, xorijda davlat yoki notijorat xususiy sektorda ishlaydiganlar, biznesmenlar, xorijda davolanishi zarur bo‘lgan bemorlar, chet elda o‘qiydiganlar hamda gumanitar muammoga ega shaxslar va sport jamoalari kiradi.

Fors ko‘rfazi fuqarolari va yashash guvohnomasi yoki mehmon vizasiga ega bo‘lganlar koronavirusga topshirgan testi manfiy bo‘lgan taqdirda qirollik hududiga kirishlari mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, qirollik 2021 yil 1 yanvardan fuqarolarning havo, quruqlik va dengizda harakatlanishiga qo‘yilgan barcha cheklovlarni bekor qiladi.

Ayni paytda mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 325 651 nafarga yetgan bo‘lib, 4268 kishi vafot etgan.

Top