11:01 / 14.09.2020
7628
«Sergeli» metro liniyasidagi 5ta bekatda qurilish ishlari tugatildi, ularda qoplama ishlari amalga oshirilmoqda

Yer osti ishlari tugatilgan. 1400dan ortiq temir-beton balkalar montaj qilingan. 

«Sergeli» metro liniyasida qurilish jarayonida 100 foiz temir-beton konstruksiya ishlari bajarildi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

«Sergeli» yo‘nalishi «Choshtepa», «Toshkent halqa yo‘li», «Sergeli», «Afrosiyob», «Qipchoq» bekatlaridan iborat. Hozir qurilish jarayonida 100 foiz temir-beton konstruksiya ishlari bajarilgan. Yer osti ishlari tugatilgan. 1400dan ortiq temir-beton balkalar montaj qilingan. 

Ayni kunlarda yer usti metro liniyalarida temiryo‘l panjaralarini o‘rnatish, elektrlashtirish ishlari olib borilmoqda. Yuqorida ta'kidlab o‘tgan bekatlarda qurilish ishlari tugatilib, ayni chog‘da ularda qoplama ishlari amalga oshirilmoqda.

Bu yo‘nalishning o‘ziga xosligi shundan iboratki, oraliq masofa 6,9 kilometrni tashkil etadi va Sergelining zich joylashgan aholisiga qulaylik yaratadi, deyiladi xabarda. 

Top