00:21 / 14.09.2020
6336
Xalqaro koinot stansiyasi sun'iy yo‘ldosh bilan to‘qnashishi mumkin
Foto: NASA

Xalqaro koinot stansiyasi AQShning BRICSat-2 sun'iy yo‘ldoshi bilan to‘qnashishi mumkin. Bu haqda Roskosmos ma'lum qildi. 

Ta'kidlanishicha, 14 sentabr Toshkent vaqti bilan soat 4:23da XKSning fazoviy chiqindiga aylangan sun'iy yo‘ldosh bilan to‘qnashuvi yuz berishi kutilmoqda. Rossiyalik mutaxassislarning hisob-kitoblari ushbu obektdan qochish uchun zarur harakatlarni amalga oshirish zarurligini tasdiqlagan.   

Ushbu harakatlar soat 2dan 3gacha oraliqda bajarilishi mumkin.

“Rossiya fazoda past orbitali sun'iy yo‘ldoshlar guruhi yaratilishi sababli yangi tahdidlar yuzaga kelayotganidan o‘z hamkorlarini bir necha bor ogohlantirgan va o‘zaro harakatlanish bo‘yicha zarur tartib-qoidalarni ishlab chiqishni taklif qilmoqda”, deb ta'kidlab o‘tilgan Roskosmosda.

BRICSat-2 AQSh harbiy-dengiz floti tomonidan boshqariluvchi aloqa yo‘ldoshi bo‘lib, u 2019 yilda Falcon Heavy raketasida Yerga yaqin orbitaga chiqarilgan.

Top