23:55 / 15.09.2020
36431
Koronavirus O‘zbekistonda: Qurbonlar soni rasman 400dan oshdi

15 sentabr kuni O‘zbekistonda 570 kishida koronavirus aniqlanib, 532 bemor sog‘aydi, deb ma'lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Rasmiy statistikaga ko‘ra, jami holatlar 48 565ta, tuzalganlar 45 058 nafar, qurbonlar esa 403 nafarni tashkil etmoqda. 14 sentyabrda 5 kishi vafot etgani xabar qilindi.

Yangi holatlar (+570)

Kunlik kasallanish holatlari sonida bir necha kundan beri barqaror saqlanib turibdi. 12 sentyabrda 578, 13 sentyabrda 573, 14 sentyabrda 572, 15 sentyabrda 570 kishida koronavirus tasdiqlangani e'lon qilindi.

  • Toshkent shahri – 366
  • Toshkent viloyati – 128
  • Namangan viloyati – 30
  • Andijon viloyati – 16
  • Samarqand viloyati – 12
  • Xorazm viloyati – 10
  • Qashqadaryo viloyati – 5
  • Farg‘ona viloyati – 2
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 1

Tuzalganlar (+532)

Jami 48 565 bemordan 45 058 nafari tuzalib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

  • Toshkent shahri – 314
  • Toshkent viloyati – 114
  • Samarqand viloyati – 53
  • Namangan viloyati – 23
  • Xorazm viloyati – 12
  • Andijon viloyati – 9
  • Qashqadaryo viloyati – 5
  • Farg‘ona viloyati – 2

O‘lim holatlari (+5)

Vazirlik 15 sentabr kuni 5ta o‘lim holati haqida ma'lumot berdi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, qurbonlar – 403 nafar. Ammo Sog‘liqni saqlash vazirligi qayd etmagan, ammo boshqa davlat idoralari tomonidan rasman tasdiqlangan o‘ndan ortiq qurbonlar mavjud.

  • Yunusobod tumanida yashagan 63 yoshli N.Q. (erkak)
  • Olmazor tumanida yashagan 42 yoshli O.B. (ayol)
  • Toshkent shahrida yashagan (qaysi tumandan ekani aytilmadi) 70 yoshli M.E. (ayol)
  • Toshkent shahrida yashagan (qaysi tumandan ekani aytilmadi) 66 yoshli T.X. (ayol)
  • Shayxontohur tumanida yashagan 72 yoshli A.R. (erkak)

Ayni paytda 3 104 nafar bemor davolanishda. Ulardan 483 nafari og‘ir, 245 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top