08:59 / 15.09.2020
1474
«Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi e'lon qilindi

Qonunning maqsadi organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:

tabiatning tizimi va aylanmasi bilan hisoblashgan holda tuproq, suv, o‘simliklar va hayvonlarning sog‘lig‘ini, shuningdek, ularning orasidagi muvozanatni saqlash;

biologik xilma-xillikni saqlashga hissa qo‘shish;

energiya va tabiiy resurslardan foydalanish mas'uliyatini oshirish;

organik ishlab chiqarish usullariga muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlab chiqarishni ta'minlash;

organik ishlab chiqarishda gen muhandisligidan foydalanmaslik.

Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish sohasini rivojlantirish davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish uchun davlat boshqaruv organlari quyidagi tashkiliy-huquqiy tadbirlarni amalga oshiradi:

organik ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni (moliyaviy yordam, imtiyozli kreditlash, subsidiyalash, soliqqa tortish va boshqalar) ta'minlaydigan yillik, o‘rta muddatli va uzoq muddatli davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshirishni ta'minlanadi;

organik mahsulot ishlab chiqaruvchilar bilan birgalikda loyiha va dasturlarni qabul qiladi va amalga oshiriladi;

organik ishlab chiqarishning innovatsion usullar va texnologiyalarni joriy etish, organik ishlab chiqarishga ilg‘or tajribalarni joriy etishni rag‘batlantiriladi;

organik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga axborot va maslahat yordamlarini ko‘rsatiladi;

organik ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha innovatsion loyihalarni izlash va amalga oshirishda yordam beriladi;

organik ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha davlat va xalqaro grantlarni taqdim etish hamda tajriba (pilot) loyihalarini amalga oshirish, jumladan, an'anaviy usulda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga organik qishloq xo‘jaligiga o‘tishida imtiyozlar beriladi;

organik ishlab chiqaruvchilarga xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini shakllashtirishda ishtirok etishlari uchun sharoitlar yaratish va aholining shaxsiy tomorqa xo‘jaliklari faoliyatlarini ta'minlaydi

avtorizatsiya va akkreditatsiyalangan muvofiqlikni baholash va inspeksiyalash organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan shakldagi sertifikatlangan organik mahsulot va xomashyolarni ishlab ishlab chiqaruvchilarga nisbatan davlat tomonida qo‘llab-quvvatlash amalga oshiriladi;

organik mahsulotlar va xomashyolarni ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida, davlat xaridlarini amalga oshirishda mahalliy organik mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqaruvchi korxonalarining mahsulotlariga imtiyozlar beriladi;

organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi korxonalar tomonidan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me'yoriy hujjatlar talabiga muvofiqlikni ta'minlash maqsadida ilmiy asoslangan almashlab ekish sxemalarini amalga oshirish va ekinlarni joylashtirish hamda xomashyolar (organik o‘g‘it, o‘simliklarni himoya qilish vositalari va veterinariya organik vositalari)dan foydalanishda davlat aralashuviga va monopoliyaga yo‘l qo‘ymaydi.

Organik mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish organik mahsulotlarni ishlab chiqish va mahsulot muomalasi qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Organik mahsulot ishlab chiqarishga o‘tishda quyidagi shartlar bajariladi:

organik mahsulot ishlab chiqaruvchisi muvofiqlikni baholash organi bilan organik mahsulotlar va organik mahsulotlarning muvofiqligini tasdiqlash tartibini amalga oshirish to‘g‘risidagi shartnoma rasmiylashtiriladi;

o‘tish davrida organik mahsulotlarni ishlab chiqarish va mahsulot muomalasi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me'yoriy hujjatlarda belgilangan talablarga rioya qilinadi;

organik mahsulot ishlab chiqarish organik mahsulotlarga tegishli bo‘lmagan mahsulotlarni ishlab chiqarishdan ajratilgan holda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi;

mahsulotlarni sotishda “o‘tish davridagi organik mahsulotlar” deb belgilashga ruxsat etiladi;

organik mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish muddati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilanadi.

Organik mahsulotlarni ishlab chiqarish texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga va quyidagi qoidalarga:

sog‘lom hayvonlar va o‘simliklardan, kelib chiqishi hayvonot va o‘simlikdan bo‘lgan xomashyo va xavfsiz mahsulotdan foydalanish;

sintetik moddalar, pestitsidlar, gormonlar, antibiotiklar va kimyoviy oziq-ovqat qo‘shimchalaridan foydalanmaslik;

tuproqdan foydalanmasdan o‘simlik mahsulotlarini yetishtirish usullaridan foydalanmaslik;

ionlashtiruvchi nurlanishdan foydalanmaslik;

qayta tiklanadigan tabiiy resurslaridan foydalanishni minimallashtirish;

yovvoyi o‘simliklarni qayta ishlashning kimyoviy usullaridan foydalanmaslik;

o‘simlik va hayvonot manbalaridan olingan chiqindilardan foydalanish, ular organik ishlab chiqarishda olingan taqdirdagina ruxsat etiladi;

ishlab chiqarish uchun organik mahsulotlarning o‘ziga xos turini tanlashda ekologik tizimlarni saqlash;

o‘simliklarni profilaktika choralari, shu jumladan, tegishli almashlab ekish, zararkunandalarga, begona o‘tlarga va o‘simlik kasalliklariga chidamli o‘simlik turlarini va navlarini tanlash orqali himoya qilish;

o‘simliklarni zararkunandalar, begona o‘tlar va o‘simlik kasalliklaridan himoya qilish mexanik, biologik va fizik usullaridan foydalanish;

tabiiy immunitetni rag‘batlantiradigan tabiiy xatti-harakatlar hisobga olgan holda tegishli binolar va boshqa sharoitlarni ta'minlash orqali hayvonlarning sog‘ligiga g‘amxo‘rlik qilish;

mahalliy sharoitga mos turg‘un turlarni, o‘simlik navlarini va hayvon zotlarini tanlash;

organik mahsulotlar ishlab chiqarish natijasida, shuningdek, kelib chiqishi tabiiy moddalardan olingan ingrediyentlardan tashkil topgan ozuqa va ozuqa qo‘shimchalaridan chorvachilikda foydalanish;

an'anaviy usulda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, organik mahsulotlar bilan aralashib ketishni oldini olish maqsadida, organik mahsulotlar ishlab chiqarish texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me'yoriy hujjatlar talablariga muvofiq ishlab chiqarish, saqlash va transportda tashishning barcha bosqichlarida organik bo‘lmagan mahsulotlardan ajratilishni;

organik mahsulotlarga va (yoki) uning hayot sikli jarayonlariga qo‘yiladigan talablar organik mahsulotlarni ishlab chiqarish texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me'yoriy hujjatlar talablariga bilan belgilanadi;

organik mahsulotlarni qayta ishlashda organik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar texnologik yoki zootexnik zarurat tug‘ilganda yoki parhez maqsadlarida foydalanishga ruxsat berilgan oziq-ovqat qo‘shimchalari va ozuqa yem qo‘shimchalarini ishlatishni cheklashni ta'minlaydi.

Top