19:28 / 15.09.2020
24252

Piskent tumani «to‘rtligi» ish faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun ishdan olindi

Toshkent viloyatining Piskent tumanida to‘rtta sektor rahbari almashdi.

15 sentabr kuni Xalq deputatlari Piskent tumani kengashining navbatdan tashqari 12-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada viloyat hokimi Rustam Xolmatov so‘zga chiqib, keyingi vaqtlarda Piskent tumanini ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, shuning barobarida, amalga oshirilgan bir qator loyihalar bo‘yicha fikr bildirdi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilishicha, Piskent tumani hokimi Shuhrat Ahmedov ishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini tan olgan holda o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etilgan. Shuningdek, tuman prokurori Rustam Musoyev, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Shahzodxon To‘raxonov hamda soliq inspeksiyasi rahbari A. Abduvaliyev ham ishdan olingan. 

Shuhrat Ahmedov

Sessiya davomida Rahimjon Rixsiyev tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. Bungacha u Toshkent viloyati hokimining yordamchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Rahimjon Rixsiyev

Rahimjon Rixsiyev 1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma'lumoti oliy. 2003 yilda Toshkent davlat moliya institutini, 2005 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida iqtisodiyot va boshqaruv tizimida bir qator vazifalarda faoliyat yuritgan.

Alisher Jo‘rayev

Sessiyada yangi tarkibda ish boshlagan sektor rahbarlari tanishtirilgan. Jumladan, Alisher Jo‘rayev – tuman prokurori, Shuhrat Meliyev – IIB boshlig‘i, Jasur Sayfiyev – DSI boshlig‘i etib tayinlangan.

Jasur Sayfiyev
Shuhrat Meliyev
Top