22:42 / 15.09.2020
14038

«PSJ» Mbappening narxini ma'lum qildi

Foto: Reuters

Madridning «Real» jamoasi Mbappe uchun 100 million yevro to‘lashga tayyorligini bildirdi.

Fransiyaning «PSJ» klubi jamoa hujumchisi Kilian Mbappening narxini ma'lum qildi. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, forvard kelasi yozda klubni tark etish niyatida. «PSJ» 21 yoshli futbolchini 325 million yevroga sotmoqchi. Qayd etilishicha, aksariyat top-klublar bu narxni oshirib yuborilgan deb hisoblamoqda, xususan Madridning «Real» jamoasi Mbappe uchun 100 million yevro to‘lashga tayyorligini bildirdi.

«Qaymoqranglilar» o‘tgan yili «PSJ»ga Mbappe uchun 280 million yevro taklif etmoqchi edi. Bu futbol tarixidagi eng qimmat transfer bo‘lishi mumkin edi. Hozirda rekord «PSJ» hujumchisi Neymarga tegishli. U Fransiya klubiga 2017 yilda «Barselona»dan 222 million yevroga o‘tgan.

Mbappe —transfermarkt.de portaliga ko‘ra dunyoning eng qimmat futbolchisi. Uning transfer qiymati 180 million yevro deb baholanmoqda.

Mavzuga oid
Top