09:40 / 15.09.2020
2762
Tramp saylovoldi namoyishlarida koronavirus yuqtirib olishdan qo‘rqmasligini aytdi
Foto: Ethan Miller / GETTY IMAGES

AQSh prezidenti Donald Tramp saylovoldi namoyishlarida koronavirus yuqtirib olishdan umuman qo‘rqmasligini aytdi. AQSh yetakchisi bu haqda Las Vegas Review-Journal nashriga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

Uning ta'kidlashicha, u namoyishlar vaqtida odamlardan yetarlicha uzoqda joylashgan minbarlardan turib gapirgani uchun xavotirlanmaydi. “Rostini aytsam, hozir siz menga qanchalik yaqinroq ekanligingizdan xavotirlanmoqdaman”, deb kinoya qilgan Tramp u bilan suhbat olib borgan ayol jurnalistga. Jurnalist bunga javoban koronavirusga tahlil topshirgani va uning javobi manfiy chiqqanini aytgan. AQSh prezidenti esa “endi 100 foizga o‘zini yaxshi his qilayotgani” bilan javob qaytargan.

Avvalroq Oq uy rahbari AQShda ishlab chiqilayotgan koronavirusga qarshi vaksina samaradorligi isbotlansa, u bilan emlanishga tayyorligini ma'lum qilgan. “Emlangan bo‘lardim. Menda bu bilan hech qanday muammo yuzaga kelmasdi”, deb aytgan Tramp. 

AQShda ayni vaqtda noyabrda o‘tadigan prezident saylovlariga tayyorgarlik pandemiya sharoitida o‘tmoqda. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 6,52 mlndan ko‘proq kishi koronavirusga chalingan, ulardan 194 mingdan ko‘prog‘i vafot etgan. 

Top