16:05 / 16.09.2020
8266

Migratsiya agentligi vakili Koreya tomoni E-9 vizasi bo‘yicha qo‘yayotgan talablar haqida gapirdi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Davlatnazar Matrasulov E-9 vizasi asosida Koreyaga borib ishlash uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqidagi savolga javob berdi.

«Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Koreya Respublikasining Inson resurslarini qo‘llab-quvvatlash markazi bilan memorandum imzolagan va E-9 vizasi bilan Koreya Respublikasiga faqat Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali yuborish mumkin. Shu vaqtgacha va bundan keyin ham bu memorandum amalda. Bu O‘zbekiston Respublikasining talabi emas. E-9 bo‘yicha Koreya tarafi faqat Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan ishlayman degan talabni qo‘ygan.

Pandemiya davrida nafaqat O‘zbekiston, balki dunyoning barcha mamlakatlarida pandemiyaga qarshi choralar ko‘rildi, ko‘rib kelinmoqda. Qiyin bo‘lsa ham Koreya davlati bilan o‘zaro kelishuvga erishib, Koreyada ishlab turgan va O‘zbekistonga kelgan 135 nafar fuqaromizni may-iyun oylarida ish beruvchining talabi bilan qayta chiqarib yuborishga erishdik.

Chiqib ketmaganlarining esa viza muddatlari, shartnoma muddatlarini uzaytirishga erishildi», dedi Davlatnazar Matnazarov AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

U bugungi kunda E-9 vizasi bo‘yicha Koreya Respublikasi tomonidan qo‘yilayotgan talablar haqida gapirdi.

«Bugungi kunda Koreya Respublikasi tomonidan talab qo‘yilyapti: 11 iyuldan nafaqat O‘zbekiston, balki boshqa davlat fuqarolarining ham E-9 bo‘yicha kirib kelishi vaqtincha cheklangan. Hozirda kelishuvlar tiklanyapti. Koreya tomoni har reysda maksimum 15-20 odamni qo‘yasan, deyapti. Ish beruvchi ular bo‘lganidan keyin ana shu 15-20 odam ish beruvchisi haqiqatan karantin hududi bo‘lsa, kasal bo‘lib qoladigan bo‘lsa, davolanishning har kuni uchun 80-90 dollar (100 mln von)ni zimmasiga olgan O‘zbekiston fuqarosi Koreyaga yana qaytib bormoqchi bo‘lsa, biz ular bilan shartnoma tuzib, Koreya Respublikasiga taqdim etyapmiz. Ular tekshirib, qabul qilish ruxsatini berganidan keyin jo‘natib yuborishni amalga oshirib kelmoqdamiz», deya agentlik rasmiysining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid
Top