19:45 / 16.09.2020
36127

Mirzo Ulug‘bek tumaniga yangi prokuror tayinlandi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida yangi prokuror ish boshladi.

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi matbuot xizmati xabar qilishicha, Farhod Boboniyozov tuman prokurori lavozimiga tayinlandi.

Farxod Boboniyozov 1994 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan va prokuratura tizimida faoliyat boshlagan.

U bugunga qadar Toshkent shahar prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Mirzo Ulug‘bek tumani prokurori lavozimida 2019 yil iyulidan buyon Ravshan Hakimov ishlab kelayotgandi.

Mavzuga oid
Top