09:05 / 16.09.2020
3107

Namanganda temiryo‘l bekatidan 642 kilogramm ko‘mir o‘g‘irlaganlar qo‘lga olindi

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 3 sentabr kuni soat 23:30larda Namangan viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi Pop bekatida xavfsizlikni ta'minlash bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir olib borilgan.

Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, uning davomida tumanda yashovchi fuqaro bekatlardan birida vagon nazoratchisi bo‘lib ishlaydigan shaxs bilan til biriktirib, Pop-1 bekatining uchinchi yo‘lida turgan usti ochiq yuk vagonidan, 15 dona oq yelim qopga solingan 642 kilogramm ko‘mir mahsulotlarini hech kimdan so‘ramasdan olib ketayotgan vaqtida ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.

Top