09:31 / 16.09.2020
1091
O‘zbekistonda 55,5 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda jami 55,5 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur'ati 2019 yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 6,5 foizni tashkil etdi.

Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, qurilish ishlari hajmi yirik qurilish tashkilotlari, kichik korxona va mikrofirmalar hamda norasmiy sektorlarda amalga oshirilgan ishlar tarkibi bo‘yicha shakllanadi. 

2020 yilning 1 sentabr holatiga ko‘ra, qurilish sohasida korxona va tashkilotlar soni 39,5 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,2 mingtaga oshdi.

Jami qurilish sohasidagi korxona va tashkilotlar soni ko‘payishining asosiy omili bu bino va inshootlar qurish ishlarining o‘tgan yilga nisbatan 6,6 foizga (jami qurilishdagi ulushi 58,0 foiz), fuqarolik obektlarini qurish 21,6 foizga (jami qurilishdagi ulushi 9,5 foiz), ixtisoslashtirilgan qurilish ishlarining 19,4 foizga (jami qurilishdagi ulushi 32,5 foiz) o‘sishidir.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 14,8 trln so‘mni tashkil etdi. 

Qurilish ishlari 2019 yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 27,2 foizga ko‘p bajarilgan bo‘lib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2019 yilning mos davridagi ko‘rsatkich darajasidan 4,3 foiz punktga ko‘payib, 26,8 foizni tashkil etdi.

Top