Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda kun davomida hozircha 450 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilib, jami holatlar soni 49 ming 15taga yetgani, ayni vaqtda shifoxonalarda davolanayotganlar soni (aktiv keys) 3 186 nafarni tashkil etayotgani haqida xabar berdi.
Yangi holatlar (+450)
2020 yil 16 sentabr soat 18:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonning 11 hududida tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida 450 holat aniqlangan.
- Toshkent shahrida 263 holat;
- Namangan viloyatida 92 holat;
- Toshkent viloyatida 26 holat;
- Sirdaryo viloyatida 19 holat;
- Buxoro viloyatida 14 holat;
- Qashqadaryo viloyatida 10 holat;
- Samarqand viloyatida 9 holat;
- Surxondaryo viloyatida 7 holat;
- Andijon viloyatida 5 holat;
- Qoraqalpog‘istonda 3 holat;
- Navoiy viloyatida 2 holat.
Tuzalganlar (+364)
Bugun ayni paytga qadar respublikaning 10 hududida 364 bemor tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 45 ming 422 nafarga yetdi.
- Toshkent shahrida 231 nafar;
- Toshkent viloyatida 62 nafar;
- Namangan viloyatida 18 nafar;
- Buxoro viloyatida 16 nafar;
- Andijon viloyatida 11 nafar;
- Samarqand viloyatida 9 nafar;
- Sirdaryo viloyatida 7 nafar;
- Surxondaryo viloyatida 5 nafar;
- Qashqadaryo viloyatida 3 nafar;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar bemor tuzaldi.
O‘lim holatlari (+4)
Kun davomida hozircha yana 4ta o‘lim holati qayd etildi va O‘zbekistonda rasmiy statistikaga ko‘ra o‘lim holatlari soni 407taga yetdi.
- Sergeli tumanida yashagan 61 yoshli X.M. (erkak);
- Yunusobod tumanida yashagan 69 yoshli Sh.Sh. (erkak);
- Olmaliq shahrida yashagan 69 yoshli A.X. (erkak);
- Zangiota tumanida yashagan 65 yoshli Yu.I. (erkak).
Hozirda mamlakatda 3 186 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.